"Buxoro"ga "Shaxtyor"dan legioner keldi

Toshkentda o‘quv-yi’gini o‘tkazayotgan "Buxoro" klubi safiga ukrainalik himoyachi Artyom Baranovski kelib qo‘shildi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Qozog‘istonning "Shaxtyor" safida to‘p surib, 33 ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

2017/18 yilgi mavsumda "Istiqlol" safida, Muhsin Muslimovich qo‘l ostida to‘p surgan. Bungacha, Ukrainaning bir qator klublari tarkibida o‘ynagan.

Shuningdek, o‘tgan mavsumning 2-davrasini buxoroliklar safida o‘tkazgan Milovan Kapor va Lipartia Jaba ham jamoa mashg‘ulotlariga kirishdi.

Manba: "Buxoro" klubining telegram rasmiy kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
28/01/2020 04:16
Бухоро энди истиклол булар эканда
&
UZB
27/01/2020 12:38
Qizilqumda nima gp malumot beringlar adminlar