Asosiy mazmunga oʻtish

"Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026" turniri. Hamyurtlarimiz 7 ta vazndan 6 tasida chempion bo'lishdi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Nufuzli musobaqaning yoshlar oʻrtasidagi ilk kungi bahslari boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizning Olimpiya shaharchasi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha "Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026" musobaqasining yoshlar o‘rtasidagi ilk kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Olti yuz nafaridan ziyod dzyudochi qatnashayotgan Osiyo ochiq kubogining birinchi kuni 7 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Kadetlarimiz singari yoshlarimiz ham raqiblaridan sezilarli darajada ustun ekanliklarini birinchi kungi bellashuvlardayoq amalda isbotlashdi. 

Arena bo‘ylab olti bor O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Musobaqaning birinchi kun asosiy qahramonlariga aylangan dzyudochilarimizning g‘alabalari sharafiga davlatimiz bayrog‘i arena uzra qayta-qayta ko‘tarildi.

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-60 kg vazn toifasi (70 ishtirokchi)
1. Muhammadjon Masharipov (O‘zbekiston)
2. Muhammadqodir Shodmonov (O‘zbekiston)
3. Dilshod Karimov (O‘zbekiston)
3. Arapbay Daurbaev (O‘zbekiston)

-66 kg vazn toifasi (73 ishtirokchi)
1. Amirxon Nizomaddinov (O‘zbekiston)
2. Izzatbek Ro‘zimatov (O‘zbekiston)
3. Habibullo Muhammadrofei (Tojikiston)
3. Yosin Bobokalonov (Tojikiston)

-73 kg vazn toifasi (61 ishtirokchi)
1. Inoyat Telmanov (O‘zbekiston)
2. Sanjarbek Ashurov (O‘zbekiston)
3. Javlonbek Yusupov (O‘zbekiston)
3. Miras Issabaev (Qozog‘iston)

QIZLAR
-48 kg vazn toifasi (20 ishtirokchi)
1. Dilrux Hasanova (O‘zbekiston)
2. Zarina Jamalova (O‘zbekiston)
3. Zere Otepkali (Qozog‘iston)
3. Mohinur Ollaberganova (O‘zbekiston)

-52 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)
1. Sabina Azamatova (O‘zbekiston)
2. Nargiza Do‘stmamatova (O‘zbekiston)
3. Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
3. Saodat Qoraboeva (O‘zbekiston)

-57 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)
1. Kan Aleksandra (Tojikiston)
2. Janar Joldosheva (Qirg‘iz Respublikasi)
3. Mohinur Ollaberganova (O‘zbekiston)
3. Ramajon Saparova (O‘zbekiston)

-63 kg vazn toifasi (17 ishtirokchi)
1. Adina Abilhasimova (O‘zbekiston)
2. Gulasal Oblokulova (O‘zbekiston)
3. Charosoy O‘ktamboeva (O‘zbekiston)
3. Nuray Jengis (Qozog‘iston)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q