Asosiy mazmunga oʻtish

"Chelsi" Amerikadan hujumchi olib keladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi iste'dod topildi

AQShning «Filadelfiya Yunion» klubi hujumchisi Malik Yakupovich Evropaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 17 yoshli yosh iste’dod uchun «Chelsi» hamda Dortmundning «Borussiya» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham yosh forvard transferi uchun taxminan 3 million yevro taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, «Filadelfiya Yunion» o‘z futbolchisini ancha qimmatroq baholamoqda. Amerika klubi Yakupovich uchun 10 million yevrodan ortiq miqdorda mablag‘ ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, Malik Yakupovich AQShning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida 9 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q