"Chelsi" APLning eng yaxshi himoyachilaridan birini xarid qilmoqchi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" "Lester" himoyachisi Chaglar Seyunjuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" nashri yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko‘ra, "arristokratlar" jamoani tark etishi kutilayotgan Antonio Ryudiger o‘rnini turkiyalik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi. "Transfermarkt" portali Chaglarni 45 million evroga baholamoqda. 

Avvalroq, fulbekka "Real" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgnadi. Ryudiger londonliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!