"Chelsi" asosiy hujumchisini sotmoqchi emas

  • 15.05.2026 00:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Soʻnggi haftalarda matbuotda "Chelsi" hujumchisi Joao Pedroni "Barselona" bilan bogʻlayotgan xabarlar koʻpaygan edi.

Biroq "The Athletic" maʼlumotiga koʻra, London klubi braziliyalik futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi va u boʻyicha hech qanday taklifni koʻrib chiqishni rejalashtirmayapti.

24 yoshli hujumchi oʻtgan yozda "Brayton"dan "Chelsi"ga oʻtgan edi. Shundan beri u 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 9 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning oʻrtasigacha moʻljallangan.

Transfermarkt portali Joao Pedroni 75 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!