“Chelsi” bir o‘yinchi uchun to‘rt futbolchisini taklif qilib ham rad javobini oldi

  • 06.07.2026 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transferlar oynasi davrida  «Kristal Pэlas» himoyachisi Maksans Lakruani sotib olish maqsadida muzokaralar o‘tkazdi.

Angliya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, «Chelsi» klubi Lakrua evaziga Benoa Badiashile, Trevo Chaloba, Tosin Adarabiyo va Aksel Disasidan birini taklif qilgan.

Biroq «Kristal Pэlas» ushbu variantlarning barchasini rad etgan.

Shu bilan birga, insayder Fabrizio Romanoning aytishicha, «Chelsi» yozgi transfer oynasida kamida bitta, ehtimol ikkita markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Hozircha mazkur to‘rt futbolchi orasida transfer bozorida eng katta qiziqish Trevo Chalobaga bo‘lmoqda. Unga Angliya va Italiya ning bir nechta klublari da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!