“Chelsi” bitta o‘yin o‘ynagan futbolchiga besh yillik shartnoma berdi
“Chelsi” rahbariyati 19 yoshli futbolchi Armando Broya bilan besh yillik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Albaniyalik o‘yinchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yilda u asosiy tarkibga qabul qilinib, debyut uchrashuvida ham maydonga tushgan edi.
Broya keyinchalik ijaraga jo‘natildi. O‘tgan mavsumda “Vitess” jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi Gollandiya chempionatida 31 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qildi va bir juft golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar