“Chelsi” bor joyda o‘ynamayman!
“Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanayotgan markaziy himoyachi Andreas Kristensen yangi jamoaga o‘tishga qaror qilgan va ana shu maqsadda “aristokratlar”ning yangi bitimini qabul qilmadi.
Shunga qaramay, daniyalik futbolchi klubga bo‘lgan hurmatini saqlab qoldi. Kristensen Angliya premer-ligasi vakillaridan bo‘layotgan ko‘plab takliflarni qabul qilmayapti. U o‘z qarorini “Chelsi” o‘ynayotgan ligada boshqa klub sharafini himoya qilmaslik bilan izohlamoqda.
Andreasga boshqa chempionatlardan ham chorlovlar yo‘q emas. Mahoratli futbolchini “Atletiko”, “Barselona” va “Bavariya” kabi superklublar o‘z safiga chorlamoqda. Yozgacha yuqori saviyali himoyachini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishni istagan xaridorlar safi yanada kengayadi.

Fikrlar