
“Chelsi”: Bu futbolchi buncha turmaydi, axir!
“Chelsi” anchadan beri “Monako” yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qilmoqda.
Frantsiyaliklar 21 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Biroq, ular futbolchi uchun talab qilayotgan summa “Chelsi”ga umuman ma’qul kelmadi.
“Monako” Frantsiya terma jamoasiga jalb qilina boshlagan iste’dodli o‘yinchisini 34 million funtga baholamoqda. Bu summa “Chelsi”ni cho‘chitib qo‘ydi.
Shunga qaramay, Tchuameniga “Liverpul” va “Yuventus” ham og‘iz solmoqda.
Fikrlar