"Chelsi" Denzel uchun "Inter"ga o‘z futbolchisini berishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi niderlandiyalik “Inter” himoyachisi Denzel Dyumfrisning transferiga o‘z futbolchisini ham qo‘shishi mumkin. Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Milan grandi tovon pulidan tashqari, himoyachi Trevo Chalobani ham qo‘lga kiritishi mumkin. U "neradzurrilar" safida PSJga ketishi kutilayotgan slovakiyalik Milan Shkrinyarning o‘rnini egallashi mumkin.
Chaloba joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta sariq kartochka oldi. 23 yoshli futbolchining transfer narxi esa 22 million evroga baholanmoqda. Uning "aristokratrlar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar