"Chelsi" futbolchisi yangi mavsumni A Seriyada o‘tkazishga yaqin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Davide Dzappakosta yangi mavsumni katta ehtimol bilan Italiyada o‘tkazadi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Jenoa" klubi London klubi rahbariyati bilan futbolchini 2021 yilning yoziga qadar ijaraga olishni kelishib olgan.

Ta’kidlanishicha, 18 sentyabr kuni Dzappakosta Genuyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ushbu himoyachi yakuniga etgan mavsumni "Roma"da ijara asosida o‘tkazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!