
"Chelsi" futbolchisini 6 kishi do‘pposladi
Mavsumni "Byornli" safida ijarada o‘tkazayotgan "Chelsi" futbolchisi Denni Drinkuoterga Manchester shahridagi tungi klublarning biri yonida hujum qilishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra oqshomni Chinawhite klubida o‘tkazgan 29 yoshli futbolchi alkogol ta’sirida mast bo‘lib qolgani va tunggi klubda hordiq chiqarayotgan boshqa bir futbolchining qiziga nisbatan nojoiz harakatlar qilgani uchun uni binodan chiqarib yuborishgan. Shundan so‘ng tashqarida uni 6 kishi kaltaklagan. Natijada Drinkuoterda mayda shishlar va ko‘karishlar, shuningdek qo‘l va oyoqlarida shikastlanishlar paydo bo‘lgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra Denni Drinkuoter taxminan 3 hafta davolanishi kerak.
Fikrlar