"Chelsi" futbolchisini "Barsa"da kutishmoqda
"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen faoliyatini qayerda davom ettirishini aniqlab olgan. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi yozda erkin agent maqomida "Barselona"ga borib qo‘shiladi. Andreas "arristokratlar" bilan yangi shartnoma imzolamaydi.
Avvalroq, fullbekka "Bavariya" qaziqayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Joriy mavsum Kristensen APLda 14ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar