"Chelsi"ga hali ham "Siti"dan Enco Fernandez bo‘yicha taklif kelmadi

  • 31.08.2026 13:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» jamoasining argentinalik yarimhimoyachisi Enzo Fernandez ketma-ket ikkinchi o‘yinni ham maydonga tushmadi. Bu holat uning «Manchester Siti»ga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar fonida yanada ko‘proq e’tibor qozonmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Manchester Siti» Fernandez bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu bilan birga, Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» haligacha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif olmagan. Eslatib o‘tamiz, Angliyada transfer oynasi 1 sentabr kuni yopiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Chelsi» Enzo Fernandezni «Manchester Siti»ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo bunda klub kamida 140 million yevro miqdorida taklif kutayotgani aytilmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari esa 25 yoshli yarimhimoyachining bozor qiymatini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!