"Chelsi" ispaniyalik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida

  • 08.08.2024 04:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Atletiko" hujumchisi Samu Omorodionni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin kelmoqda.

Fabritso Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. Hujumchi transferi uchun "aristokratlar" 40 million evro to‘laydi. Shartnoma 7 yillik qilib belgilanadi. 

Omorodion 2023 yilda "Granada"dan 6 million evroga sotib olingan bo‘lib, o‘tgan mavsumni "Alaves"da o‘tkazdi. U jamoa tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta golda ishtirok etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!