"Chelsi" jahon chempionini qo‘yib yubormoqchi emas
"Real", "Barselona", PSJ va "Yuventus" klublari "Chelsi" xavbeki Ngolo Kantening transferiga qiziqish bildirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, "ko‘klar" jarohat sabab mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborayotgan frantsiyalik yarim himoyachiga ishonishda davom etadi. Bosh murabbiyi Frenk Lemprad klub rahbariyatiga Kanteni jamoada olib qolish niyatidaligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Barselona" londonliklarga futbolchi almashtirish bo‘yicha taklif tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar