
"Chelsi" Jiru o‘rniga Rossiya premer-ligasidan hujumchi olib kelmoqchi
Moskvaning TsSKA klubi forvardi Fyodor Chalov "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 21 yoshli futbolchini qishki transferlar davrida 23,5 mln evroga sotib olishmoqchi. U londonliklar safidan ketishi kutilayotgan Olive Jiruning o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Chalov joriy mavsum moskvaliklar safida 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar