“Chelsi” katta transferdan voz kechdi

  • 24.12.2025 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” klubi “Bornmut”ning qanot hujumchisi Antuan Semeno transferi borasidagi harakatlarini to‘xtatdi va bu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmaydigan bo‘ldi.

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Londonliklar futbolchi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan edi, biroq yakunda jamoaning hozirgi hujum chizig‘i vakillariga ishonishga qaror qilishdi. Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar kelasi yozda qayta tiklanishi mumkin.

Joriy mavsumda Semeno barcha turnirlar doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!