“Chelsi” katta transferga hozirlik ko‘rmoqda

  • 11.02.2026 00:30
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Barselona" hujumchisi Ferran Torresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri ma'lum qildi. 

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, londonliklar yozda forvard uchun Kataloniya klubiga 80 million yevro berishga tayyor. Lekin "ko‘k-anorranglilar" ustozi Hans-Diter Flik futbolchining ketishiga qarshi chiqmoqda. 

25 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik hujumchi joriy mavsum "Barselona" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 16 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!