
"Chelsi" klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibiga aylandi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Palmeyres" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda "aristokratlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 55-daqiqada Lukaku hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Veyga muvozanatni tikladi. Ekstra taymlarning 117-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Xaverts penaltini aniq amalga oshirib, "Chelsi"ga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, London klubi mazkur turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar