
"Chelsi" Lukakuni "Yuventus" etakchisiga almashtirishni rejalashtirmoqda
Londonning "Chelsi" klubi hujumchi Romelu Lukakuni boshqa futbolchiga almashtirmoqchi. "Aristokratlar" eng yaxshi nomzod sifatida "Yuventus" vakili Dushan Vlaxovichni ko‘rmoqda.
"Calciomercatoweb" nashriga ko‘ra, "Inter"da ijara asosida to‘p tepayotgan Lukakuga londonliklar yana ishonch bildirmoqchi emas. Uni shunchaki sotib yuborish o‘rniga, "Chelsi" boshqa futbolchi bilan almashtirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Lukaku mundialda Belgiya terma jamoasi bilan guruhdan chiqish vazifasini eplay olmadi. Vlaxovich ham Serbiya bilan guruhda qolib ketdi.
Fikrlar