"Chelsi" "Manchester Yunayted"ning 3-taklifini ham rad qildi

  • 24 iyun, 2023, 12:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Chelsi" futbolchisi Meyson Mauntni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Ammo londonliklar bilan kelishish biroz qiyin kechyapti.

"Qizil iblislar" 24 yoshli o‘yinchi uchun uch marta taklif bilan chiqdi. Ularning barchasi rad qilindi. "Manchester Yunayted" ingliz yarim himoyachisi uchun 50+5 million funt to‘lamoqchi, lekin "Chelsi" 58+7 million funt istamoqda. "Aristokratlar" to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan. Agarada shunda ham tomonlar kelisha olmasa, MYu boshqa variantlarga e’tiborini qaratadi.

"Manchester Yunayted" sotib olishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachilar orasida "Brayton" vakili Moyses Kaysedo ham bor. Uning transferi biroz qimmatroqqa amalga oshishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!