
"Chelsi" Obameyang bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Chelsi" futbolchisi Obameyang La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "El-Klasiko"da ko‘rinish berdi. U o‘yindan keyin "Barselona" kiyinish honasida bo‘lgan.
Bu londonliklarga yoqmadi va hujumchi bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish haqda o‘ylamoqdqa, deya xabar berdi "Deportes Cuatro" nashri.
Gabonlik futbolchining "Barsa"ga qaytishi ham mish-mishlar mavjud. Xavi uni ikkinchi raqamli hujumchi bo‘lishini istamoqda.
Grem Potter kelganidan keyin Obameyangning maydondagi daqiqalari keskin kamayib ketdi. U "Chelsi" tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tshuib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar