
“Chelsi” oltita supertransferga qo‘l urdi
“Chelsi” rahbariyati erkin agent sifatida “Barselona” futbolchisi Usmon Dembeleni transfer qilish fikridan qaytdi.
Klubning yangi xo‘jayini Todd Boeli bosh murabbiy Tomas Tuxelga boshqa yulduzlarni olib bermoqchi. Hujumni kuchaytirish bo‘yicha “aristokratlar” “Manchester Siti”dan Rahim Sterling va “Leyptsig”dan Kristofer Nkunkuni olib kelmoqchi.
Jamoani tark etgan himoyachilar o‘rnini “Sevilya” yulduzi Jyul Kunde va “Yuventus” etakchisi Matteys la Ligt, “Leyptsig” vakili Yoshko Gvardiol egallashi rejalashtirilgan.
Boeli “Chelsi” muxlislarining ko‘nglini olish uchun transferi 150 million evroga baholanayotgan “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni ham o‘z jamoasiga olib keladi.
Fikrlar