
“Chelsi” orzusidagi futbolchi uchun besh nafar o‘yinchidan voz kechyapti
“Chelsi” rahbariyati “Vest Xem” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysni olish fikridan qaytgani yo‘q.
Iste’dodli futbolchini qo‘lga kiritish uchun londonliklar 80 million funt miqdorida xarajatga tayyor bo‘lishi kerak. Ular bu summaning katta qismini o‘z o‘yinchilari sotish orqali jamg‘arishni reja qilgan.
Unga ko‘ra, Lempard orzusidagi futbolchini olish uchun Antonio Ryudiger, Emerson, Denni Drinkuoter, Olive Jiru va Temue Bakayokodan boz kechishga tayyor. Bu futbolchilar transferi orqali londonliklar 67 million funtga ega bo‘ladi.
Agar klub Deklanni qo‘lga kirita olsa, keyinchalik Jordino va Mateo Kovachich ham sotib yuboriladi.
Fikrlar