
Ronaldu ispanlar gegemonligiga barham bermoqchi
Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bellashuvlari doirasida Xorvatiya ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.
Bu portugaliyalik sardori Krishtianu Ronaldu uchun terma jamoadagi 101-g‘alaba bo‘ldi. Ronaldu mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha, Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan Xavini ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.
Mutlaq rekord o‘rnatish uchun Ronaldu ispanlar gegemonligiga barham berishi kerak. Chunki undan oldinda Ispaniya terma jamoasining yana ikki o‘yinchisi – Iker Kasilyas va Serxio Ramos bor.
Faoliyatini yakunlagan Kasilyas mamlakat bosh jamoasi bilan 121 ta uchrashuvda g‘olib chiqqan. Hamon to‘p tepayotgan Serxio Ramos esa g‘alabali o‘yinlar sonini 130 taga etkazib oldi.
Fikrlar