Investorlar faoliyatini tugatgan Eto'Oni Ispaniya maydonlariga qaytaradi

  • 18 noyabr, 2020, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining quyi ligasida ishtirok etayotgan “Rasing Mursiya” klubi prezidenti Morris Panello uning jamoasiga Samuel Eto'O kelishi kutilayotgani haqida xabar berdi.

Tecno

- Bizda Eto'O bilan shartnoma imzolash imkoni bor. Keyingi hafta bu masala to‘liq hal bo‘ladi. Bosh murabbiyning asosiy vazifasi uni o‘yinimizga moslashtirish. Meksika va Birlashgan Arab Amirliklaridan investorlarimiz bor. Ular bu masalada bizga moliyaviy tomondan yordam beradi, - dedi Panello.

Kamerun terma jamoasining eng zo‘r to‘purari sifatida tarixga kirgan Eto'O professional faoliyatini 2019 yilda yakunlagan edi. Ungacha mashhur futbolchi “Real”, “Malorka”, “Barselona”, “Inter”, “Anji”, “Chelsi”, “Everton”, “Sampdoriya”, “Antalyaspor”, “Konyaspor” va “Qatar” klublarida to‘p tepgan.

“Barselona” futbolchisi “Real”dan xursand bo‘ldi

“Barsa” futbolchisi ketishdan bosh tortyapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!