“Chelsi” o‘zi tarbiyalagan futbolchidan yuz o‘girdi

  • 27.05.2020 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati o‘zi tarbiyalagan  Jeremi Bogani ortga qaytarmaslikka qaror qildi.

Londonliklarda bu futbolchini 15 million evro evaziga qayta sotib olish huquqi bor edi. “Chelsi” bu huquqidan foydalanmasdan, Boganing keyingi transferlaridan ulush olishni ma’qul ko‘rdi.

Jeremi Boga 2015 yilda “Chelsi”da debyut qilgan edi. Keyin ijara asosida “Renn”, “Granada” va “Birmingem”da o‘ynadi. 2018 yilda “Sassuolo” futbolchini “Chelsi”dan sotib oldi.

Boga joriy mavsumda A seriyada 24 o‘yinda sakkizta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi. Hozir bu futbolchini “Roma” va “Napoli” o‘z safiga olmoqchi.

Eldor va Sardor – Evropani zabt etayotgan osiyolik yulduzlar

Tezkor xabar! Eldor Shomurodovni chorlayotgan Germaniya klubi nomi oshkor bo‘ldi

“Rostov” Shomurodovning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!