"Chelsi" qadrlamagan futbolchiga yaxshi ish chiqdi

  • 04.08.2026 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Kristal Pэlas» klubi «Chelsi» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Aksel Disasini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Fabris Hokins ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Yaqinda «Chelsi» tarkibiga avval «Kristal Pэlas» safida o‘ynagan Maksans Lakrua qo‘shilgan edi. «Kristal Pэlas» rahbariyati Disasini aynan shu futbolchiga munosib almashuv sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Italiya A Seriyasi klublari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Aksel Disasi ilgari «Parij», «Reyms» va «Monako» jamoalari sharafini himoya qilgan. 2023 yildan buyon u «Chelsi» futbolchisi hisoblanadi. Himoyachi ma’lum muddatga «Aston Villa»ga ijaraga berilgan, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini esa «Vest Xem Yunayted» tarkibida ijara asosida o‘tkazgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Disasining bozor qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda. U o‘tgan mavsumda maydonga tushgan 20 o‘yinda bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!