“Chelsi” qiyin ahvolda

  • 29 mart, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” moliyaviy feyr-pley chegaralarini buzmaslik uchun yozda bir necha tajribali o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur. Chunki o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, klub 150 million evrodan ortiq zarar ko‘rgan, deb xabar tarqatdi Times nashri.

Tecno

London klubi joriy mavsumning o‘zida yangi o‘yinchilar transferi uchun 700 million evroga yaqin mablag‘ xarajat qilgan. Bundan tashqari, “Brayton” bosh murabbiyi Grem Potterni olib kelish uchun ham rekord darajada pul sarflandi.

Klub mutasaddilari moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun birinchilardan bo‘lib Konor Gallaxer va Meyson Mauntni sotib yuborishi aytilmoqda. Bundan tashqari, moliyaviy muammolar “Chelsi”ni 2 milliard evroga baholanayotgan yangi stadion qurishiga to‘sqinlik qilyapti.

Jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgani ham klub byudjetiga salbiy ta’sir o‘tkaza boshlagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!