“Chelsi” supertransferni ko‘zlamoqda

  • 3 fevral, 2022, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashrining xabar berishicha,  “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoya chizig‘idagi muammolarni yozda ikki nafar futbolchini olish orqali hal qiladigan bo‘ldi. Klubning transfer siyosatiga mas’ul bo‘lgan Marina Granovskaya ham bu nomzodlarni ma’qulladi.

Yozda “aristokratlar” safini ikki markaziy himoyachi Sesar Aspilikueta va Andres Kristensen tark etishi kutilmoqda. Erkin agentga aylanadigan bu ikki futbolchi “barselona”ga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan. Antonio Ryudiger masalasi o‘z echimini kutmoqda.

“Chelsi” yozda “Bavariya”dan ketadigan Niklas Zyule va “Sevilya” bazo‘r ushlab turgan Jyul Kundeni olmoqchi. Zyule “Chelsi”ga o‘tish ilinjida o‘ziga bo‘layotgan ko‘plab takliflarni rad etgani aytilmoqda.

“Sevilya” esa, Jyul Kunde uchun “aristokratlar” tomonidan bo‘layotgan 52 million funtlik taklifni qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!