«Chelsi» tarbiyalanuvchisiga top klublar qiziqish bildirmoqda
Londonning «Chelsi» jamoasi yosh himoyachisi Josh Achimpong atrofidagi vaziyat Yevropaning yetakchi klublari e’tiborini tortmoqda.
AS nashrining yozishicha, 20 yoshli futbolchi kelajagi borasidagi mavhumlik «Stemford Brij» rahbariyatini jiddiy o‘yga solgan. Unga qadar Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi bilan «Liverpul» va Madriddning «Real» klubi qiziqqani ma’lum qilingan edi. Endi esa ehtimoliy da’vogarlar orasida Myunxenning «Bavariya»si ham tilga olinmoqda.
Achimpong hali asosiy tarkibda doimiy o‘rin egallamagani qarama-y, «Chelsi» uni klub akademiyasining muhim tarbiyalanuvchisi sifatida ko‘radi va sotish rejasida emas. Jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso yosh himoyachini joriy mavsum uchun o‘z taktika rejalarida muhim figura sifatida ko‘rib kelmoqda.
Shu bilan birga, nashr ta’kidlashicha, londonliklar natijalarining pasayib borishi Achimpongni klubda qolish maqsadga muvofiqligi haqida o‘ylashga majbur qilishi mumkin. Besh turdan so‘ng «Chelsi» darvozasiga 12 ta gol kiritilgan — bu Angliya Premer-ligasidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Oxirgi uchrashuvda jamoa «Brentford»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar