“Chelsi” uch futbolchini sotuvga qo‘ydi

  • 12 oktabr, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni transferga qo‘ydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik murabbiy himoya chizig‘ining uch nafar vakili – Yan Matsen, Trevo Chaloba va Malang Sarrdan voz kechgan.

London klubi mutasaddilari qishki transferlar oynasi ochilishi bilan bu futbolchilar bo‘yicha muzokaralarga ochiq ekanini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan tarkibni o‘zi istaganicha shakllantirish vakolatini olgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Chelsi”da tarkibni tozalash va bo‘shagan o‘rinlarga yangi o‘yinchilarni olib kelish ishlari davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!