“Chelsi” uch nafar futbolchidan voz kechdi

  • 14.12.2023 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati ayrim o‘yinchilardan voz kechishga qaror qildi.  Bunga jamoaning moliyaviy salohiyatini muvofiqlashtirish lozimligi sabab bo‘ldi.

“Aristokratlar” qishki transferlar vaqtida yarim himoyachi Konor Gallaxer, himoyachilardan Aksel Disasi va MArk Kukurelyani sotib yuboradigan bo‘lyapti.

Daily Mail nashrining yozishicha, klub tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxerning shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Rahbariyat unga yangi bitim bermoqchi emas va shuning uchun ham futbolchini tezroq sotib yuborish rejalashtirilgan.

Frantsiyalik markaziy himoyachi Disasi avgustda 38 million funtga transfer qilingan edi. 23 yoshli futbolchi xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligi aytilmoqda.

Mark Kukurelya yil boshida klub bilan kelishuvini uzaytirganiga qaramay, Mauriso Pochettinoga to‘g‘ri kelmayapti.

Bu o‘yinchilarning bari tezroq o‘ziga yangi ish joyi topshi kerakligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!