
"Chelsi" ustozi: Men ahmoq emasman
Grem Potter "Chelsi" xo‘jayini Todd Bouli haqidagi savolga javob berdi.
"Biz g‘alaba qozonadigan jamoa yaratmoqchimiz. Oramizda muntazam muloqot mavjud. Ikkalamiz ham jamoaning ambitsiyalarini yaxshi tushunamiz.
Men ahmoq emasman. Agar klub kerakli natijalarni qo‘lga kirita olmasa, javobgarlikni bo‘ynimga olaman.
Futbolchilarning yaxshilanish jarayoniga yordam bermoqchiman. Ayni vaqtda qiyin davr", - dedi "aristokratlar" ustozi.
Ayni vaqtda London klubi APL turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. Ular 11 fevral kuni "Vest Xem"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar