
"Chelsi" ustozi rahbariyat qanday vazifa qo‘yganini aytdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning rivojlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi hamda rahbariyatning jamoa o‘yiniga bo‘lgan munosabati haqida ham gapirdi.
“Men klub xo‘jayinlari va direktorlar bilan birinchi marta uchrashganimdayoq menga jamoa kuchli to‘rtlikka kirishi lozimligini aytishmagan. Bizda juda yaxshi tarkib bor, lekin oxirgi ikki yilda biz 12 va oltinchi o‘rinlarni egallaganimizni ham aytdim. Ushbu natijalarni yaxshi tomonga o‘zgartirish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Rivojlanish kerak”, - deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi italiyalik sport jurnalisti Fabritsio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
APLning o‘tgan to‘rt tur bahslaridan so‘ng “Chelsi” 7 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni “Manchester Siti”, ikkinchi o‘rinni "Arsenal" va uchinchi o‘rinni "Nyukasl" egallab turibdi.
Fikrlar