"Chelsi" yana bir super transferni naqd qildi

  • 12 fevral, 2020, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Xakim Ziesh faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

Tecno

Voetbal International tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” 26 yoshli marokashlik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Ziesh mavsum yakunlangach 40-45 mln evro evaziga “Chelsi”ga ko‘chib o‘tadi.

Aytish kerakki, londonliklar aslida Zieshni qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi edi. Biroq, “Ayaks” bunga rozi bo‘lmadi.

Ma’lumot uchun, Ziesh “Ayaks” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sash
13/02/2020 18:16
Himoyachida 9 ta gol 19 ta golli uzatma dahshatu. Chelsi hujumda uynatsa kerak????????????????????????????????
Elyor Baratov
12/02/2020 19:48
Avval darvozabon keyin yarimhimoyachisini keyin hujumchisini ......
Elyor Baratov
12/02/2020 19:46
Chelsi to'liqligicha Ayaksni ko'chirib o'tkazib qo'ya qolsin!