
"Chelsi" yozda "Borussiya D" posbonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Chelsi” yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, darvozabonlardan biri Eduard Mendi yoki Kepa Arrizabalaga jamoani tark etishi mumkin.
Londonliklar ayni damda yangi darvozabon izlashni boshlab yuborishgan. Bild nashri xabariga ko‘ra, “aristokratlar” Dortmundning "Borussiya" klubi posboni Gregor Kobelni qo‘lga kiritish haqida o‘ylamoqda.
Shveytsariyalik 25 yoshli darvozabon joriy 2022/2023 yilgi mavsumda “Borussiya” safida jami 29 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 32 marta to‘p olib chiqdi.
Transfermarkt portali ekspertlari Kobelni 35 million evroga baholamoqda.
Fikrlar