“Chelsi” yulduzi ranjidi

  • 18.10.2021 14:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger klubning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini o‘ziga nisbatan hurmatsiz, deb baholamoqda.

Tomas Tuxel jamoani qabul qilib olganidan keyin o‘yini ochilib ketgan himoyachi amaldagi shartnomasiga binoan yiliga 6,5 million evro maosh olyapti. Antonio yangi bitimda uning maoshi yiliga 10 million evrodan ziyod bo‘lishini talab qilmoqda.

Biroq, “aristokratlar” taklif qilayotgan maoshni tajribali himoyachi o‘ziga nisbatan hurmatsiz sifatida qabul qildi va uni imzolashdan bosh tortdi.

Ryudigerning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Unga “Real”, “Barselona” va “Roma”dan qiziqish bo‘layotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!