“Chelsi” yulduziga Angliyadagi hayot yoqmayapti. U “Real”ga o‘tmoqchi

  • 06.02.2026 18:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez "Real"da o‘ynashni orzu qilmoqda.

Jurnalist Eduardo Inda Enzo Fernandez "Real"ga o‘tishni istayotganini aytdi. "Jamoaga juda mos keladigan ajoyib futbolchi taklif qilindi. U Qatardagi jahon chempionatida eng yaxshi yosh futbolchi bo‘ldi. Gap Enzo Fernandez haqida ketyapti.

U hozir “Chelsi”da va Londondan charchagan. Argentinalikka yomg‘irli London unchalik yoqmayapti. Uning orzusi - "Real"da o‘ynash", - dedi jurnalist El Chiringuito TV efirida.

Marca xabar berishicha, Fernandez "Atletiko"ga ketgan va Ispaniyada o‘zini Angliyadan ko‘ra yaxshiroq his qilayotgan Xulian Alvaresdan o‘rnak olgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, "Real" Enzoni "Chelsi"dan sotib olishga qaror qilsa, klub uchun rekord darajadagi mablag‘ni tikishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!