"Chelsi" yulduziga jiddiy taklif kelib tushdi
“Chelsi“ markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerga Frantsiyadan taklif kelib tushdi. Parijning PSJ jamoasi nemis himoyachisini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
“Daily Mail“ tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, parijliklar futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Sababi, Ryudiger yozda erkin agentga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Ryudiger xizmatiga “Real Madrid“ va “Barselona“ kabi grandlar ham qiziqish bildirmoqda.
Ushbu mavsumda germaniyalik "charm to‘p ustasi" barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar