“Chelsi”dan ketmasam bo‘lmaydi!

  • 13.12.2021 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning amerikalik yarim himoyachisi Kristian Plushich Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni istayapti.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 23 yoshli o‘yinchi faoliyatini “Barselona”da davom ettirish niyatida. Ikki mavsum davomida “Chelsi” tarkibida 52 ta uchrashuvda 13 ta gol urgan hujumkor futbolchi joriy chempionatda jarohati tufayli asosiy tarkibga kira olmayapti va atigi olti marta maydonga tushdi.

Pulishichga Angliyaning o‘zidan ham taklif boryu. “Liverpul” iste’dododli vingerni 50 million evroga xarid qilishga tayyorligini bildirgan. Biroq, “aristokratlar” kuchli futbolchini chempionatdagi raqobatchisiga berishni istamayapti.

Kristian Pulishich, angliya premer-ligasiga kelgunga qadar Bundesligada to‘rt mavsum “Borussiya” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!