“Chelsi”ga 227 million ajratildi. Bu pulga superyulduzlar olinadi!

  • 11.01.2022 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rasmiy saytida klub rahbariyati 2022 yildagi transferlar uchun 227 million evro miqdorida mablag‘ ajratganini ma’lum qildi. Tabiiyki, bu summaga asosan yozgi transferlar davrida o‘yinchi olinadi.

FourFourTwo nashrining xabar berishicha, londonliklarning asosiy nishoni Erling Xoland hisoblanadi va mazkur summaning asosiy qismi norvegiyalik to‘purarni olib kelishga sarflanadi.

Yana bir nomzod Usmon Dembele. Frantsiyalik hujumkor futbolchi “Barselona” bilan shartnomani yangilashdan bosh tortdi va uni yozda erkin agent sifatida bepul olish mumkin. Biroq, Dembelega katta maosh va’da qilishga to‘g‘ri keladi.

Tomas Tuxel uchinchi transfer sifatida Lyuka Dinni tanlashi aytilmoqda. Frantsiyalik futbolchi “Chelsi”ning himoya chizig‘idagi muammolarini hal qilishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!