"Chelsi"ga ishonch qolmadi: o‘nta futbolchi ketishga qaror qildi

  • 24 aprel, 2023, 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” joriy mavsumni quruq yakunlaydigan bo‘ldi. “Aristokratlar” ichki musobaqalarda ham, xalqaro maydonda ham kurashni to‘xtatdi. Ular shunchaki mavsumni yakunlab qo‘ysa bo‘ldi.

Jamoaga hali doimiy bosh murabbiy topilgani yo‘q. Jamoa kelasi mavsum barcha o‘yinchilarning orzusi bo‘lgan Chempionlar ligasida qatnashmaydi. Bu holat futbolchilarning kelajagiga salbiy ta’sir qilmoqda.

“Chelsi”ga ishonchi yo‘qolgan o‘n nafar futbolchi o‘z agentlariga boshqa jamoa topish bo‘yicha topshiriq bergan. Ular orasida klubga yangi olib kelingan o‘yinchilar ham bor. Ayrimlari Premer-ligada “Chelsi”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan klublarga o‘tib kelishga rozi.  Bu haqda  Evening Standard nashri xabar berdi.

Hozir jamoa asosiy tarkibida 32 nafar futbolchi bor. Klub rahbariyati yozda kamida sakkiz o‘yinchi bilan xayrlashishni rejalashtirayotgan edi. Bu ro‘yxatga Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Per-Emerik Obameyang, Kalidu Kulibali, Hakim Ziesh, Kristian Pulishich, Meyson Maunt va Eduar Mendi kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!