“Chelsi”ga murabbiy topildi. Yangilikni e’lon qilish vaqti ma’lum
Joriy mavsumda bir necha bor bosh murabbiyni almashtirgan “Chelsi” jamoani yuqori darajaga ko'tara oladigan yangi mutaxassis bilan hamkorlik qilishni ma'qul topdi.
“Aristokratlar” jamoa bosh murabbiyligiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso ni taklif qilish variantini ustuvor, deb hisoblamoqda. Bu haqida jurnalist va insayder Aleks Kruk hamda Talksport jurnalisti Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Alonso o'zi ham Angliya Premier-ligasida ishlashga tayyor. Qayd etilishicha, klub yangi murabbiyni jahon chempionati boshlanishidan oldin tayinlashga umid qilmoqda.
Shuningdek, londonliklar ko'rib chiqayotgan mutaxassislar qisqa ro'yxatida Andoni Iraola (“Bornmut”), Oliver Glasner (“Kristal Pэlas”), Filipe Luis (“Flamengo”ning sobiq murabbiyi) va Marku Silva (“Fulxэм”) nomzodlari zahira varianti sifatida o'rganilmoqda.

Fikrlar