“Chelsi” yangi to‘purarni nishonga oldi
“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter tarkibni o‘ziga moslashtirmoqda. Bu mutaxassis maydonda asosan serharakat, chaqqon va tezkor yosh o‘yinchilarni ko‘rmoqchi.
“Aristokratlar” bir necha mavsumdan beri to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Bu pozitsiyasiga olib kelingan forvardlarning birortasi ishonchni oqlagani yo‘q.
Londonliklarning yozgi transferlar mavsumidagi asosiy nishoni A Seriyada ko‘p to‘p kirita boshlagan Viktor Osimxen bo‘ladi.
“Napoli” rahbariyati nigeriyalik hujumchini sotib yuborishga qarshi emas. Buning uchun 100 million evro atrofida badal puli to‘lashga to‘g‘ri keladi.
24 yoshli Osimxenga “Manchester Yunayted” va “Real” kabi grand klublar ham xaridor hisoblanadi.
Fikrlar