"Chelsi"ni millionlar ham "botqoq"dan olib chiqa olmayapti (Statistika)

  • 04.02.2023 08:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" so‘nggi 7 ta uchrashuvning faqatgina bittasida g‘alaba qozondi. 

APL 22-turida Grem Potter jamoasi o‘z maydonida "Fulxem" bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

"Aristokratlar" so‘nggi 7 ta uchrashuvda 1 ta g‘alaba, 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bu davrda London klubi atigi 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" qishki transferlar oynasida bir qator yosh iqtidorlarni katta mablag‘ evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Jumladan, bir necha kun oldin "Benfika"dan 121 million evro evaziga xarid qilingan Entso Fernandes kechagi o‘yinda o‘z debyutini nishonladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!