"Chelsi"ning ikki futbolchisi yozda "Barsa"ga ko‘chib o‘tmoqchi
"Chelsi"ning ikki himoyachisi Andreas Kristensen va Sesar Aspilikueta yozda jamoani tark etishi mumkin. Ular klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
"BeiN SPORTS" nashriga ko‘ra, ikkala futbolchi ham La Liga grandi "Barselona"ga o‘tishi kutilmoqda. Ular allaqachon "ko‘k-anorranglilar" bilan muzokaralarga kirishgan.
Futbolchilar mavsumni "Chelsi"da yakunlab qo‘yadi. Keyin yangi mavsumni katalon klubida davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, "Transfermarkt" portali Kristensenni 35 million evroga baholagan, Aspilikuetaning narxi esa 11 million evro etib belgilangan.

Fikrlar