"Chelsi"ning rejalari ketma-ket barbod bo‘lmoqda. Bu safar PSJ ularni dog‘da qoldirdi

  • 26 iyul, 2022, 02:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Leyptsig" himoyachisi Nordi Mukieleni sotib olishga urinib ko‘rdi. 

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" 24 yoshli frantsuz uchun hujumchi Timo Vernerdan foydalanmoqchi bo‘lgan, ammo bu vaqtga kelib, nemis klubi PSJ bilan transfer bo‘yicha kelishib ulgurgandi. 

Mukiele bugun parijliklar safiga qo‘shilish uchun ilk tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, ertaga esa ko‘rikning ikkinchi qismi bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda "Leyptsig"dan "Chelsi"ga o‘tgan Verner yana sobiq jamoasiga qaytish niyatida.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!