"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Rossiyada o‘ynashni xohlamadi

  • 26.06.2020 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel rus klubiga o‘tishni xohlamadi.

Lance nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Krilya Sovetov” klubi yapon kompaniyasi orqali nigeriyalik futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan va unga yiliga 1,2 mln evro maosh taklif qilgan. Ammo, Obi Mikel ushbu taklifni rad etgan. U Braziliyaning “Botafogo” klubidan taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Obi Mikelning so‘nggi jamoasi Turkiyaning "Trabzonspor" klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!